Oʻzbekistonda Pearson BTEC xalqaro malakalarini kengaytirish

Britaniyaning yetakchi ta’lim tizimi bilan muassasangiz salohiyatini mustahkamlang

Oʻz taʼlim muassasangizning obroʻsini oshirishni va bundan ham koʻproq talabalarni jalb qilishni xohlaysizmi? Pearsonning jahon miqyosida eʼtirof etilgan xalqaro BTEC dasturini integratsiyalash qanday qilib sizning taʼlim takliflaringizni rivojlantirishiga olib kelishini bilib oling. Innovatsion va moslashuvchan usullardan foydalangan holda, taʼlim jarayonini qiziqarli, shuningdek, zamonaviy mehnat bozori talablariga toʻliq javob beradigan qila olasiz.

Dasturlaringizni takomillashtiring va talabalarni muvaffaqiyatli karyera yoʻliga tayyorlashda yetakchi muassasa sifatida mavqeyini mustahkamlang. Batafsil maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlaning!

Biz bilan aloqaga chiqing

Boshqa tilni tanlang

Pearson BTEC xalqaro malakalari nima?

BTEC -  Buyuk Britaniya oʻquv dasturlari va biznes, texnologiya va amaliy fanlar boʻyicha kasbiy malakalar boʻlib, har yili 1 milliondan ortiq talabalar shu malaka dasturini oʻqib bitiradi. Shuningdek, bu malaka 70 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan.  Ushbu nufuzli malakalar 1984-yildan boshlab Buyuk Britaniyadagi Pearson kompaniyasi tomonidan sanoatning yetakchi mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Soha mutaxassislarining ushbu qoʻshgan hissasi, sizning talabalaringiz butun dunyoda talab yuqori boʻlgan amaliy, ishga yoʻnaltirilgan koʻnikmalarga ega boʻlishini taʼminlaydi.

Bundan tashqari, BTEC Higher Nationals Diplomi dunyoning yetakchi universitetlarida (jumladan, Russel guruhi aʼzolari) bakalavriat yoki magistr darajasini olish uchun oraliq qadam boʻlib xizmat qilishi mumkin. Bu talabalarga oʻz mamlakatida ham, chet elda ham taʼlim va karyera istiqbollarini yanada rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar ochadi.

Privacy and cookies
By watching, you agree Pearson can share your viewership data for marketing and analytics for one year, revocable upon changing cookie preferences. Disabling cookies may affect video functionality. More info...

Xalqaro BTEC malakalarining afzalliklari

Xalqaro tan olingan malakalar

Dunyo boʻylab 300 dan ortiq universitetlar va ish beruvchilar tomonidan tan olingan. Biz taklif etayotgan malakalar talabalarning taʼlimning keyingi bosqichlari va ish bilan taʼminlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yuqori sifatli taʼlim

Dastur bakalavr yoki magistr darajasiga koʻprik boʻlib xizmat qiladi va butun dunyo boʻylab talabalaringizning taʼlim va karyera istiqbollarini oshiradi.

Moslashuvchanlik 

Dasturlarning moslashuvchanligi har bir mehnat bozori ehtiyojlariga javob berishiga imkon yaratadi va uni xalqaro va mahalliy takliflardan ajratadi.

Tejamkorlik 

Qulay narxda yuqori sifatli xalqaro taʼlimni taklif qiluvchi tizim.

Xalqaro BTEC malakalarining turlari

BTEC International Level 2

BTEC International Level 2 - 14 yosh va undan katta yoshdagi talabalarga kasbiy taʼlim  yoki  taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtish uchun imkon beradi.  Talabauchun zarur boʻlgan bilim, tushuncha va koʻnikmalarni taklif etadi. Moslashuvchan, modulli kurslar sizning mavjud oʻquv rejangizga osongina mos keladi va ish bilan bogʻliq malakalarni rivojlantirmoqchi boʻlgan yosh oʻquvchilar uchun bir qator sektorlarni qamrab oladi.

2 chi Bosqich haqida to`liq ma`lumot

BTEC International Level 3

BTEC International Level 3 - 16 yosh va undan katta yoshdagi talabalarga kasbiy taʼlim tushuncha va koʻnikmalarini, shu bilan birga koʻpgina universitetlarga toʻgʻridan toʻgʻri Level 4 yoki xalqaro universitetlarning 2-yiliga kirish imkoniyatini yaratadi. Chunki ushbu dasturlar dunyoning koʻplab universitetlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan tegishli birinchi kurs darajalari va oliy milliy dasturlarga kirish malakasi sifatida tan olingan.

3 chi Bosqich haqida to`liq ma`lumot
BTEC xalqaro 3 chi Bosqich malakalarini tan oladigan universitetlar ro'yxati

BTEC Higher Nationals Levels 4 & 5

BTEC Higher Nationals Level 4 & 5 bu - BTEC 3-darajali xalqaro jamgʻarmasi diplomidan keyingi ikki yillik dastur boʻlib, 4 va 5 darajalarda xalqaro tan olingan malakalarni taqdim etadi. BTEC International Level 3  bilan birgalikda bu dastur universitetning dastlabki uchinchi yiliga teng oliy maʼlumotga ega boʻlish, keyingi taʼlim bosqichi va ishga joylashish uchun aniq yoʻlni taklif qiladi. Ushbu dastur bakalavriat yoki magistr darajasiga arzon va amaliy yoʻl izlayotgan talabalar uchun idealdir. Bitiruvchilarimiz ish boshlashga yoki mahalliy universitetlarda bakalavr darajasiga qoʻshimcha bir yil oʻqishlari yoki chet eldagi, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkor universitetlarimizdan biriga oʻtishlari mumkin.

BTEC Higher Nationals haqida to`liq ma`lumot
BTEC Higher Nationals Dastur hamkor universitetlar xaritasi

BTEC progress map - Uzbek

Taʼlim muassasangizni oʻzgartirish sayohatini boshlang - BTEC markaziga aylanish uchun biz bilan bogʻlaning

Bizning har qanday akademik yoki kasbiy malakamizni taklif qilish uchun tashkilotingiz bizning tasdiqlangan markazlarimizdan biri boʻlishi kerak.

Tasdiqlangan markaz boʻlish uchun quyidagi shaklda oʻz qiziqishingizni bildiring.  Biz sizning talablaringizni batafsil muhokama qilish uchun siz bilan bogʻlanamiz va keyin tasdiqlash jarayoniga oʻtamiz.  Agar siz allaqachon biz bilan ishlayotgan boʻlsangiz va yangi malakaga ega boʻlishni istasangiz, eng yaqin hududiy ofisimizga murojaat qiling.

Biz bilan aloqaga chiqing